Rangtasvirchi rassom Mahmud Ahmedovning shaxsiy koʻrgazmasi

m_akhmedov_2023_-102023 yil 2 yanvar kuni Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalida rangtasvirchi rassom Mahmud Ahmedovning 85 yillik yubileyi va ijodining 55 yilligiga bagʻishlangan shaxsiy koʻrgazmasining ochilish marosimi boʻlib oʻtadi.

m_akhmedov_2023_-1Mahmud Ahmedovning asarlari – oʻziga xos olam boʻlib, hayratlanarli darajada oʻzini namoyon qiluvchi ichki dramatizmga toʻla.

Mahmud Ahmedov 1938-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1969-yilda P.P.Benkov nomidagi Respublika badiiy bilim yurtini rangtasvir boʻlimini va

1980 yilda A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik institutini tugatgan.

m_akhmedov_2023_-8Qariyb 40 yil davomida maxsus musiqa va sanʻat maktab-internatida pedagogik faoliyatini olib borgan. Hozirgi kunda Ahmedovning o‘nlab shogirdlari, maktab bitiruvchilari tasviriy sanʻat sohasida samarali mehnat qilmoqdalar.

Mahmud Ahmedovning yorqin oʻziga xos isteʻdodi manzara va natyurmort janrlarida o‘zining to‘la ifodasini topdi. Uning ijodi – bu ona yurtning go‘zalligi va saxovatiga, bu go‘zallikni yaratuvchi shaxsga boʻlgan madhiyasidir. Rassomning uslubini oʻziga xos manerasidan tanish mumkin: moʻyqalamni mastixin bilan almashtirgan holda, u xuddi milliy kashtaning choklarini eslatuvchi oʻzgacha mayda mazoklar bilan ishlagan.

m_akhmedov_2023_-9M.Ahmedov ijodi – O‘zbekiston tasviriy sanʻatida alohida oʻringa ega. U   1972-yildan boshlab Respublika badiiy hayotida faol ishtirok eta boshladi. Uning asarlari koʻplab respublika, butunittifoq va xorijiy koʻrgazmalarda namoyish etilgan, shuningdek, Yaponiya, Buyuk Britanya, Gretsiya, Italiya, Turkiya, Jazoir, Moʻgʻuliston, Frantsiya  muzeylari va shaxsiy galereyalarida saqlanadi.

 

1998 yilda Mahmud Ahmedov O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. 2008 yilda “Eng yaxshi asar uchun” nominatsiyasi uchun O‘zbekiston Badiiy akademiyasi “Oltin medal” bilan taqdirlagan. 2014-yilda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Mahmud Ahmedovni ijodkor tavalludining 75 yilligi va ijodiy faoliyatining 45 yilligi munosabati bilan “Oltin medal” bilan taqdirlagan.

S. Mamedova