O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Badiiy ijodkorlar uyushmasining a’zosi, o‘zbek manzarachi rassomi Latibjon Satmatov – ona zaminining go‘zalligidan ilhomlangan, o‘z ijodini O‘zbekiston tabiatini tasvirlash bilan birga yorug‘lik, vaqt va makon haqidagi meditativ mulohazalarini aks ettiradi. Har bir asarida zaminga bo‘lgan chuqur bog‘liqlik, an’analar bilan bog‘liq xotira va tabiatga nisbatan ehtiromli munosabat seziladi. Continue reading “Rangtasvirchi rassom Latibjon Satmatovning “Munosabat” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi”
Dina Xodjayeva-Penson (1932–2024) “Dublsiz olingan fotosuratlar” shaxsiy koʻrgazmasi
2025 yil 1-iyul kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida O‘zbekistonning birinchi ayol fotoreportyori – Dina Xodjayevaning shaxsiy ko‘rgazmasi ochiladi. U mashhur otasi Maks Penson kabi, o‘z faoliyati bilan O‘zbekistonning tarixiy fotolavhalarning yaratilishiga oʻz hissasini qo‘shgan. Continue reading “Dina Xodjayeva-Penson (1932–2024) “Dublsiz olingan fotosuratlar” shaxsiy koʻrgazmasi”
Ветеран-рассом Петров Владимир Митрофановичнинг (1920–1997) 105 йиллигига бағишланган кўргазма “Хотирлашни васият қилганлар!” туркумидан “Сталинград кундалиги” 1941 йил 22 июнь Улуғ Ватан уруши бошланган кунга бағишланади
Ўзбекистон Бадиий академияси Россия Федерациясининг Ўзбекистон Республикасидаги элчихонаси ташаббуси билан “Хотирлашни васият қилганлар!” туркумидан ветеран-рассом В.М. Петровнинг “Сталинград кундалиги” деб номланган асарларидан иборат кўргазмасини ташкил этмоқда. Continue reading “Ветеран-рассом Петров Владимир Митрофановичнинг (1920–1997) 105 йиллигига бағишланган кўргазма “Хотирлашни васият қилганлар!” туркумидан “Сталинград кундалиги” 1941 йил 22 июнь Улуғ Ватан уруши бошланган кунга бағишланади”
“O‘ZBEKISTON RASSOMLARI IJODIDA URUSH MAVZUSI”
2025 yil 9 may kuni butun dunyo Ikkinchi Jahon Urushida G‘alabaning 80 yilligini nishonlaydi. Mazkur kun O‘zbekiston uchun ham muhim sanaladi. Respublikamizda mustaqillik yillarida “Xotira va Qadrlash kuni” dahshatli urush yillarining butun qiyinchiliklarini boshidan kechirgan insonlar xotirasiga to‘la ma’noda adolatni tiklagan ahamiyatli sanaga aylandi. Bu sanani nishonlar ekanmiz, barcha millatlar jangchilarining jangovar birodarliklari, tengi yo‘q jasoratlari va qahramonliklari, shuningdek kuchlari va hayotlarini ayamay erkinlik va mustaqillik yo‘lida kurashib, 1945 yilda butun dunyoni fashizmdan ozod qilganliklarini yodga olamiz. Continue reading ““O‘ZBEKISTON RASSOMLARI IJODIDA URUSH MAVZUSI””
Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali
21 aprel kuni O‘zbekiston bo‘ylab Rassomlar kuni keng nishonlanadi va an’anaga ko‘ra, mamlakatimizdagi barcha ko‘rgazma maydonchalari, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yil davomida tayyorlagan loyihalarini tomoshabinlar bilan baham ko‘radi. Continue reading “Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali”