2024 yil “Yoshlar va biznesni qо‘llab-quvvatlash yili”ga bag‘ishlangan xalqaro an‘anaviy “Tasviriy va amaliy san‘at festivali”

festival_iskusstv_2024_-12024 yil 15 apreldan 19 aprelgacha Markaziy ko‘rgazmalar zalida Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida bir vaqtning o‘zida bir nechta muhim tadbirlar bo‘lib o‘tadi, bunga tashkilotchilar bir necha oydan beri tayyorgarlik ko‘rib kelmoqdalar.

festival_iskusstv_2024_-2Birinchi kuni festivalning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi, unda taklif etilgan mehmonlardan tashqari Oʻzbekistondagi elchixonalar vakillari, festival ishtirokchilari, jumladan Janubiy Koreya, Xalqaro Turkiy madaniyat tashkilotiga aʼzo davlatlar (Turksoy), Fransiya va Rossiyadan ishtirok etadilar.

festival_iskusstv_2024_-3Birinchi kuni bir nechta koʻrgazmalar ochiladi. Ikkinchi qavatda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Kecha, bugun va ertaga” ko‘rgazmasi orqali mazkur ta’lim muassasasi o‘qituvchilari, bitiruvchilari va talabalarining rangtasvir, grafika va amaliy san’at asarlari namoyish etiladi. Yosh rassomlar Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi fondidan olingan asarlardan yana bir bor bahramand boʻladilar.

festival_iskusstv_2024_-4Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari professor, akademik Marina Borodina rahbarligida o‘quv topshirig‘i asosida yaratilgan “Insayt” foto-installyatsiyasida ijodiy yondoshib, mavzuga shaxs prizmasi orqali individual texnik va illuzor munosabatni namoyish etadi.

festival_iskusstv_2024_-5Janubiy Koreyalik yosh rassom Pyo Hyeong Min jismoniy imkoniyatlari cheklanganiga qaramay, tomoshabinlar qalbida samimiy oʻrin egallaydigan grafik asarlar yaratadi.

festival_iskusstv_2024_-6Ko‘rgazmalar zalining birinchi qavatida mehmonlarni Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Jan-Mark Yankovich va Kristof Bleynning “Cheksiz dunyo” komikslari ko‘rgazmasi bilan kutib oladi. Bu yerda energiya, atrof-muhit, urbanizatsiya va hokazo mavzular yoritilgan. Ushbu loyiha yozuvchi va rassom oʻrtasidagi dolzarb ekologik muammolar haqida suhbatdir.

festival_iskusstv_2024_-7Ko‘rgazmalardan tashqari zalda ZXK “Nevskaya Palitra” va “Vista – Artista” savdo belgisi bilan hamkorlikda ta’lim muassasalari o‘qituvchilari taniqli rassomlar – Umar Rajabov, Yunusali Murodov, Dina Yusupovaning mahorat darslari boʻlib oʻtadi.

 

 

Festivalning uchinchi kuni Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining anjumanlar zalida professor, akademik Akbar Xakimov kuratorligida EGO XXV. “Maqomning rangi bormi?” ilmiy-amaliy konferensiyasi ham bo‘lib o‘tadi. Anjuman bir necha yillardan buyon yosh san’atshunoslar va rassomlarni har ikki ijodkorning yangi qirralarini kashf etishga, ijodiy jarayonga nostandart qarashga undab kelmoqda.

Ko‘rgazmalar zali galereyasi va bog‘ hududida ixtisoslashtirilgan san’at muassasalari talaba va o‘quvchilari besh kun davomida san’at asarlari yaratadilar.