Muxtarxon Isanov va Emin Muxtarxonovlarning “Avlodlar aro rishtalar” shaxsiy koʻrgazmalari

m_isanov_2024_banner2024-yil 25-aprel kuni Markaziy ko‘rgazmalar zalida ikki nafar iste’dodli rassomlar Muxtarxon Isanov va Emin Muxtarxonovning ko‘rgazmalari ochiladi.  

m_isanov_2024_-1Yosh rassom Emin Muxtarxonov 2019-yilda tug‘ilgan va endigina ijod olamiga kirib kelayotgan boʻlishiga qaramay, o‘z ishiga bo‘lgan ishonchi, kompozitsiyaga, shakl va rangga dadil yondashishi uning isteʻdodini qoʻllab-quvvatlab turuvchi bobosi rahnamoligida rivojlanayotganidan dalolat beradi.

m_isanov_2024_-2Emin Muxtarxonov ijodi – uning atrofidagi rang-barang olam, yangi kashfiyotlar, jajji bola hayotidan qiziqarli voqealardir. O‘ziga yaqin kishilarning portretlari, bobosining asarlari, ertakdagi qasrlar va afsonaviy hayvonlar uni ilhomlantiradi.

Muxtarxon Isanov, 1959 yilda Qirg‘izistonning To‘qmoq shahrida tug‘ilgan. 1978 yilda P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini, 1985 yili — M. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan.

1988-1991 yillarda SSSR Badiiy akademiyasining Toshkentdagi ijodiy ustaxonasida tahsil olgan. Toshkentda yashab, ijod qiladi. 1990 yildan – Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi ijodkorlar uyushmasi aʼzosi.

m_isanov_2024_-3Rassom Muxtarxon Isanov asarlari o‘zining dekorativliligi, ochiq-oydin tafakkuri bilan o‘ziga jalb etar ekan, atrofimizdagi olam go‘zalligiga, uning har bir, hatto eng mayda detallaridan ham zavq olishni, ijobiylik, borliq quvonchini beradi. Uning asarlari xuddiki, baxshining dostonlari kabi hayot, muhabbat va Borliq bilan birlikni tarannum etuvchi cheksiz qo‘shiq sifatida qabul qilinadi”.

 

Ushbu koʻrgazmada ikki avlod rassomlarining 60 dan ortiq asarlari taqdim etilgan boʻlib, ular samimiyligi, boy tasavvuri va asarlarning irreal syujetlari bilan tomoshabinlarni hayratda qoldiradi.