“Navqiron O‘zbekiston” ijodkor yoshlar respublika amaliy sanʼat ko‘rgazma-tanlovi

navqiron_ozbekiston_2024_-126-iyun kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalida 2024 yil «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash»ga bag‘ishlanganNavqiron O‘zbekiston” ijodkor yoshlar respublika amaliy sanʼat ko‘rgazma-tanlovi boshlandi.

navqiron_ozbekiston_2024_-2Mamlakatimizda amaliy sanʼat sohasida iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni  ijodiy faoliyatga keng jalb qilish, jumladan, olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, ko‘nikma va malakasini oshirish, innovatsion g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

navqiron_ozbekiston_2024_-3“Navqiron O‘zbekiston” ko‘rgazma tanlovining asosiy maqsad va vazifalari amaliy sanʼatning jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va taʼsirini kuchaytirish, sanʼat olamiga  kirib kelayotgan yosh ijodkorlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular ijodini  rivojlantirishga  ko‘maklashish, yosh isteʼdod sohiblarini ro‘yobga chiqarish va ular bilan ishlash,  ijodini keng targ‘ib qilishga qaratilgan.

navqiron_ozbekiston_2024_-4Ushbu ko‘rgazmada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan  zamonaviy sanʼat  asarlari yaratishda  faollik  ko‘rsatayotgan 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlar ishtirok etmoqda.

navqiron_ozbekiston_2024_-5Ko‘rgazmaga respublikamizning barcha hududlaridan yuborilgan ijodiy ishlar Ishchi guruh tomonidan saralandi va ko‘rgazmada namoyish etishga tavsiya etildi.

navqiron_ozbekiston_2024_-6Ko‘rgazmada 70 nafarga yaqin yosh  isteʼdodlarning 200 dan ziyod amaliy sanʼatga oid  ijodiy ishlari namoyish qilinadi. Ko‘rgazma haftaligi dasturida Markaziy ko‘rgazmalar zalining 1-2-qavatida respublika ko‘rgazma-tanlovi ishtirokchilarining ijodiy ishlari o‘rin oladi. Ikki kun davomida ijodkor yoshlarning ijodiy ishlari ko‘rgazmasi, taniqli ustalarning mahorat darslari bo‘lib o‘tadi.

 navqiron_ozbekiston_2024_-7Navqiron O‘zbekiston” ijodkor yoshlar respublika amaliy sanʼat ko‘rgazma-tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi joriy yilning 28-iyun kuni Markaziy koʼrgazmalar zalida bo‘lib o‘tadi.