21 aprel kuni O‘zbekiston bo‘ylab Rassomlar kuni keng nishonlanadi va an’anaga ko‘ra, mamlakatimizdagi barcha ko‘rgazma maydonchalari, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yil davomida tayyorlagan loyihalarini tomoshabinlar bilan baham ko‘radi. Continue reading “Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali”
Author: admin
XALQARO TASVIRIY VA AMALIY SAN’AT FESTIVALI
AN’ANAVIY “QADRIYATLARING BOQIY BO‘LSIN, NAVRO‘Z” RESPUBLIKA BADIIY KO‘RGAZMASI
Navro‘z – sharq xalqlari orasida bir necha ming yillardan buyon qadrlanib kelmoqda. Navro‘z tabiatning o‘zidan kelib chiqqan, kunu tun tenglashgandan so‘ng, kunlarning uzayishi, tabiatning uyg‘onish bayramidir. Uzoq qishdan so‘ng ko‘kda quyoshning yuz ko‘rsatishi, qirlarda maysa-giyohlarning nish urib chiqishi xalqimiz uchun haqiqiy bayramga aylangan. Nav – Yangi, ro‘z – kun, ya’ni Yangi kun deb atalishi bejiz emas. Bu bayram, avvalo, tabiatning jonlanishi, yangilanishi, Yangi yil bilan yurtimizga go‘zal bahor fasli kirib kelib, o‘zining yashil sepini yoyishi bilan boshlanadi. Continue reading “AN’ANAVIY “QADRIYATLARING BOQIY BO‘LSIN, NAVRO‘Z” RESPUBLIKA BADIIY KO‘RGAZMASI”
“Bahor vernisaji” Respublika badiiy koʻrgazmasi
5-mart kuni soat 17:00 da Markaziy ko‘rgazmalar zalida 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Bahor vernisaj”ining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazma tashkilotchilari: O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi hamda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi. Continue reading ““Bahor vernisaji” Respublika badiiy koʻrgazmasi”
ЎЗБЕКИСТОН БАДИИЙ АКАДЕМИЯСИ “МАҲМУДХЎЖА БЕҲБУДИЙ ҲАЁТИ ВА ИЖОДИ, ШУНИНГДЕК, ТУРКИСТОН ЖАДИДЛИК ҲАРАКАТИ НАМОЯНДАЛАРИНИНГ ФАОЛИЯТИГА ОИД ТАСВИРИЙ САНЪАТ АСАРЛАРИНИ ЯРАТИШ” БЎЙИЧА ИЖОДИЙ ТАНЛОВ ЭЪЛОН ҚИЛАДИ.
Dilyus Mursalimovning shaxsiy ko‘rgazmasi
2025-yil 7-fevral kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida rassom Dilyus Mursalimovning shaxsiy ko‘rgazmasi ochiladi. Aksariyat tomoshabinlar uni ofort va akvarel texnikasida ijod qiladigan grafik rassom sifatida bilishadi. Ushbu ko‘rgazmada u rangtasvir asarlarini ham taqdim etmoqda. Continue reading “Dilyus Mursalimovning shaxsiy ko‘rgazmasi”