Иккинчи жаҳон уруши Ўзбекистон ва Россия тарихида муҳим ўрин эгаллайди. Уруш Совет Иттифоқининг барча моддий ва маънавий соҳаларида мисли кўрилмаган шафқатсиз синов эди. Собиқ Иттифоқ халқлари ўзларининг умумий уйини, ватанини фашистлар Германияси ва унинг иттифоқчилари босқинидан фидокорона ҳимоя қилдилар. Қизил Армия тажовузкорни мағлуб этиб, Европа халқларини фашистларга қарамликдан озод қилишдек оғир, аммо юксак вазифани ҳам бажарди. Урушнинг дастлабки кунлариданоқ санъат аҳли аскарлар билан бир сафда турдилар. Улар қўшиннинг маънавиятини юксалтириш орқали санъатни душманга қарши самарали қуролга айлантирдилар. Уруш бошланишида рассомлар ўзларининг “қуролларини” фашистлар Германиясига қарши йўналтиришга тайёр эдилар. Continue reading ““ХОТИРЛАШНИ ВАСИЯТ ҚИЛГАНЛАР” 1941 йил 22 июнь Иккинчи Жаҳон Уруши бошланган кунга бағишланган бадиий кўргазма”
O‘zbekiston Xalq ustasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi yog‘och o‘ymakorligi ustasi Sirojiddin Raxmatillayev va O‘zbekiston Xalq ustasi, zargar Fasixitdin Dadamuxamedovlarning yubiley ko‘rgazmalari
2023-yil 2-iyun kuni Markaziy ko‘rgazmalar zalida ikki iste‘dodli hunarmand – yog‘och o‘ymakorligi ustasi Sirojiddin Raxmatillayev va zargar Fasixitdin Dadamuhamedovlarning yubiley ko‘rgazmalari ochiladi. Continue reading “O‘zbekiston Xalq ustasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi yog‘och o‘ymakorligi ustasi Sirojiddin Raxmatillayev va O‘zbekiston Xalq ustasi, zargar Fasixitdin Dadamuxamedovlarning yubiley ko‘rgazmalari”
Ronald Klyayerning “O‘zbekiston xalqining 1000 ta portret asarlar turkumi” shaxsiy ko‘rgazmasi
2013-yilda bo‘lib o‘tgan Xalqaro Toshkent zamonaviy san‘at biennalesida Ronald Klyayer Markaziy Osiyo portretlari turkumini taqdim etdi.
Bitta kompozitsiyaga birlashtirilgan 54 ta kichik o‘lchamdagi portretlarni o‘z ichiga olgan turkum asarlar professionallarda ham, keng auditoriyada ham katta qiziqish uyg‘otdi. Va bu shunchaki tasodif emas albatta. Continue reading “Ronald Klyayerning “O‘zbekiston xalqining 1000 ta portret asarlar turkumi” shaxsiy ko‘rgazmasi”
Muhammadiyor Toshmurotovning “G‘ilon navolari” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi
2023 yil 3 may kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida Muhammadiyor Toshmurotovning 70 yillik yubileyiga bag‘ishlangan “G‘ilon navolari” nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Continue reading “Muhammadiyor Toshmurotovning “G‘ilon navolari” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi”
2023 yil “Insonga e‘tibor va sifatli ta‘lim yili” ga bag‘ishlangan xalqaro an‘anaviy “Tasviriy va amaliy san‘at festivali”
2023-yil 17-aprel kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining an‘anaviy xalqaro tasviriy va amaliy san‘at festivali tantanali ochiladi. Festivalning asosiy g‘oyasi yildan-yilga o‘zgarishsiz qolmoqda – turli maxsus ta‘lim muassasalarining yutuqlarini namoyish etish, xalqaro ishtirokchilarni festivalga jalb etish va rassomlar o‘qituvchilar va O‘zbekiston Badiiy ijodiy uyushmasining turli sho‘balaridan yangi ijodiy g‘oyalarni izlashni maqsad qilgan. Continue reading “2023 yil “Insonga e‘tibor va sifatli ta‘lim yili” ga bag‘ishlangan xalqaro an‘anaviy “Tasviriy va amaliy san‘at festivali””
“MAKON VA VAQT TASHQARISIDA” 27 mart Xalqaro Teatr kuniga bagʻishlangan Teatr, kino va animatsiya rassomlarining koʻrgazmasi
2023 yil 27 mart kuni Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalida Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining “Teatr, kino va animatsiya rassomlari” shoʻbasining Xalqaro Teatr kuniga bagʻishlangan “Makon va vaqt tashqarisida” ko‘rgazmasini ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. Continue reading ““MAKON VA VAQT TASHQARISIDA” 27 mart Xalqaro Teatr kuniga bagʻishlangan Teatr, kino va animatsiya rassomlarining koʻrgazmasi”