Dilshod Azizovning shaxsiy ko‘rgazmasi Insho: “Men yozni qanday o‘tkazdim”

d_azizov_2024_-12024-yil 2-oktabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida Dilshod Azizovning etyudlari va sayohat qoralamalari asosida Insho: “Men yozni qanday o‘tkazdim” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

d_azizov_2024_-2Rassom Dilshod Azizov uchun 2024-yilning yoz oyi sermazmun va samarali bo‘ldi, uning talabalari – Sankt-Peterburgda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabalari o‘tkazgan amaliyotidan tashqari, ijodkorning o‘zi ham bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazdi va Rossiyaning shimoliy qismida bir necha turkum etyudlarini yaratdi.

d_azizov_2024_-3Ushbu sayohat yakunlarini tomoshabin Sankt-Peterburgning me’morchiligi, uning yomg‘irli ko‘chalari, kanallari va shahar atrofi manzaralaridan bahramand bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘rgazma bo‘ldi. Shimoliy Venetsiya bilan tanish bo‘lgan insonlar, yana bir bor A.S.Pushkin va F.M.Dostoevskiy shahri xotiralariga va o‘z taassurotlaridan ilhomlangan romantik tasvirlar qurshovida qoladilar, yoki Sankt-Peterburgda bo‘lmaganlar rassomning his-tuyg’ulari prizmasi orqali diqqatga sazovor joylarga xushkayfiyat ila sayohat qiladilar va tanishadilar.

d_azizov_2024_-4Dilshod Azizov uchun Sankt-Peterburg – Alma-Mater, u K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan va u yerda allaqachon yetuk rassom, shuningdek, fundamental akademik ta’lim olib, keyin esa, I.E.Repin nomidagi rangtasvir, haykaltaroshlik va me’morlik institutiga o‘qishga kirdi va hozirda o‘z mahoratini nafaqat o‘quv auditoriyalarida, balki jahonning yetakchi muzeylari – Rus muzeyi, Ermitaj va boshqa maskanlarda bo‘lib, uni talabalari bilan ham baham ko‘rib kelmoqda.

 

Rassom Dilshod Azizovning o‘ziga xos jihati shundaki, u shu bilan to‘xtab qolmaslik, o‘z mahoratini muntazam oshirib borishi, ko‘rgan narsasidan zavqlanishi, yangilik topish qobiliyati bilan boshqa ijodkorlardan ajralib turadi.