2013-yilda bo‘lib o‘tgan Xalqaro Toshkent zamonaviy san‘at biennalesida Ronald Klyayer Markaziy Osiyo portretlari turkumini taqdim etdi.
Bitta kompozitsiyaga birlashtirilgan 54 ta kichik o‘lchamdagi portretlarni o‘z ichiga olgan turkum asarlar professionallarda ham, keng auditoriyada ham katta qiziqish uyg‘otdi. Va bu shunchaki tasodif emas albatta.
Asli Gollandiyalik bo‘lgan Ronald Klyayer 25 yildan ortiq vaqt O‘zbekistonda yashab, ijod qilib kelmoqda. Ushbu yillar davomida u respublikamizning barcha hududlarida bo‘lib, mahalliy hayot va an‘analarni o‘rgandi, plenerda ijod qilgan holda, chekka qishloqlar va shaharliklarning oddiy aholisi – mehnatkashlar portretlarining eskizlarini yaratdi.
Ronald Klyayerning Markaziy Osiyoliklar portretlar turkumi yigirma yil davomida ishlangan bo‘lib, zamonaviy o‘zbek xalqi vakillarining umumiy obrazi sifatida qiziqish uyg‘otmoqda. Keksa va o‘spirin yoshdagi erkaklar, keksa ayollar va qizlarning etnik turi va xarakteriga ko‘ra turlicha bo‘lgan rang-barang portretlari – jiddiy va kulayotgan, o‘ychan, sirli va ochiq chehralari o‘zining asliyatliligi va haqqoniyligi bilan maftun etadi.
Turkumdagi barcha portretlar yagona format va rang yechimi bilan birlashtirilgan: qiyofalar – chuqur to‘q jigarrang fonda paydo bo‘lib, ichki “rembrandcha” yorug‘lik taratadi. Qahramonlarning har biri o‘ziga xos va shu bilan birga xarakterli. Kimdir yirik planda, kimdir bo‘y baravar – elkagacha yoki belgacha, kimdir old tomondan, kimdir profilda tasvirlangan – bu butun turkumning yaxlitligini buzmaydi, aksincha har bir tasvirlangan insonning xarakterini ko‘rsatib, uni ochib beradi va shu bilan birga jamoaviy portretlar xilma – xilligini ko‘rsatib beradi.
R. Klyayerning “O‘zbekiston xalqining 1000 ta portret asarlar turkumi”iste‘dodli rassom ijodidagi asarlarning teran va obrazli taqdim etilishi jihatidan O‘zbekiston zamonaviy san‘ati tarixida shubhasiz qiziqish uyg‘otadigan eng ahamiyatli yo‘nalishlardan biridir.
Rassom Ronald Klyayer asli Niderlandiya Qirolligidan, 1973 yilda Nootdorp kichik shaharchasida tug‘ilgan. 1993 yildan 1997 yilgacha u Gaagadagi Qirollik Badiiy Akademiyasining chizmatasvir va rangtasvir fakultetida tahsil olgan. R.Klyayer O‘zbekistonga birinchi marta 1994 yilda tashrif buyurgan. Bir necha oylik o‘zbek zamini bo‘ylab sayohati davomida u hududlarning turli-tuman me‘morchiligi, tabiati va albatta odamlari bilan yaqindan tanishdi. Uning taassurotlari shu qadar kuchli ediki, vatani Gollandiyaga qaytganida ham O‘zbekistonga qaytish fikri uni tark etmadi.
1997 yilda akademiyani tugatgach, Ronald hayotini tubdan o‘zgartirgan qarorni qabul qiladi va O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahriga ko‘chib keladi. Toshkentda Ronald uy, oila va ko‘plab do‘stlar orttirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘rta Osiyoda uni eng ko‘p hayratga solgani bu yorug‘likning ko‘pligidir. Bular quyosh nuriga to‘yingan paxta dalalari, yaylovlar, cho‘llar va cheksiz kengliklaridir. Osiyodagi shahar va qishloqlar o‘ziga xos rangga ega.
Rassomning ta‘kidlashicha u professional rangtasvirda 1998 yildan beri ijod qiladi. Shu davr mobaynida u mingdan ortiq asarlar yaratdi. Deyarli uchdan ikki qismi O‘zbekistonga bag‘ishlangan.
Ronald Klyayer nafaqat O‘zbekistondagi ko‘plab ko‘rgazmalarda ishtirok etgan. Jumladan, u mahobatli rangtasvirda, zamonaviy san‘at sohasida asarlar chizgan, qadimiy shaharlar yoki tabiiy unsurlarga bag‘ishlangan installyatsiyalar yaratadi. Shuningdek, u bolalar va kattalarga chizmatasvir va rangtasvirdan saboq beradi.
Ko‘rgazmalar: 1994 yil “De Naald” madaniy markazida shaxsiy ko‘rgazma, Naldvyek, Gollandiya1997 yil Qirollik Badiiy akademiyasi. Gaaga, Gollandiya1997 yil Moret, Ernst va Yang, Gaaga, Gollandiya1999 yil O‘zbekiston Badiiy akademiyasida shaxsiy ko‘rgazma, Toshkent,
O‘zbekiston2000 yil Markaziy biznes markazi, Toshkent, O‘zbekiston2001 yil O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Toshkent, O‘zbekiston2001 yil Birinchi Xalqaro Toshkent zamonaviy san‘at biennalesi, Toshkent,
O‘zbekiston (ikkinchi o‘rin).2002 yil O‘zbekiston Badiiy akademiyasi ko‘rgazmasida ishtirok etgan, Toshkent,
O‘zbekiston2003 yil Toshkent Fotosuratlar uyi, Toshkent, O‘zbekiston2003 yil Ikkinchi Xalqaro Toshkent zamonaviy san‘at biennalesi, Toshkent,
O‘zbekiston2004 yil Shaxsiy ko‘rgazma, Landmark Building, Boku, Ozarbayjon2004 yil Shaxsiy ko‘rgazma, Sharq xalqlari muzeyi, Moskva, Rossiya2005 yil Shaxsiy ko‘rgazma, “DOM” madaniyat markazi, Moskva, Rossiya2005 yil Shaxsiy ko‘rgazma, “Tengri–Umay” zamonaviy san‘at galereyasi, Olmaota,
Qozog‘iston2005 yil Shaxsiy ko‘rgazma, “Nur” san‘at galereyasi, Olmaota, Qozog‘iston2006 yil Shaxsiy ko‘rgazma, Kongress-xoll, Ostona, Qozog‘iston2006 yil Shaxsiy ko‘rgazma, “Has Sanat” galereyasi, Ostona, Qozog‘iston2006 yil Shaxsiy ko‘rgazma, “Soviart” zamonaviy san‘at galereyasi, Kiev, Ukraina2010 yil NBU Tasviriy san‘at galereyasi, Toshkent, O‘zbekiston2010 yil Englefild galereyasi, Angliya2011 yil Eych galereyasi, Vashington, AQSH2011 yil Confluent galereyasi, Virjiniya, AQSH2014 yil “Ilhom” teatri, Toshkent, O‘zbekiston2015 yil “Has San‘at” galereyasi, Ostona, Qozog‘iston2017 yil “20 yildan so‘ng” shaxsiy ko‘rgazmasi, O‘zbekiston Davlat san‘at muzeyi2019 yil “Light of the OTHER. Unveiling the art of Central Asia” ko‘rgazmasi,
Mayfair, London, Buyuk Britaniya.2021 yil “Ilhom” teatrida shaxsiy ko‘rgazma2021-yilda rassom O‘zbekistonni jahon hamjamiyatiga ommalashtirganligi va rivojidagi xizmatlari uchun “Amir Temur” ordeni bilan taqdirlangan.