“RASSOM VA TABIAT” XL an’anaviy respublika retrospektiv ko‘rgazmasi

khudojnik_i_priroda_2025_-1

2025-yil 25-dekabr Yangi yil arafasida Markaziy koʻrgazmalar zalida XL an’anaviy  “Rassom va tabiat” koʻrgazmasi ochiladi. Bu yil loyiha oʻzining 40 yilligini nishonlamoqda. khudojnik_i_priroda_2025_-2

Bu, shubhasiz, oʻzbek san’ati tarixidagi eng uzoq davom etgan va eng muvaffaqiyatli koʻrgazma loyihasidir. Va buning oʻziga yarasha sabablari bor. Qadim zamonlardan beri tabiat rassomlarni ilhomlantirib kelgan va bu faqat manzara janri ustalarigagina xos emas. Ochiq osmon ostida – plenerda ishlash yosh rassomlar tayyorgarligining ajralmas qismi bo‘lib kelgan, yetuk ustalar uchun esa yangi asarlar yaratishda ilhom manbai bo‘lib xizmat qilgan. Ayrim ijodkorlar – E.Melnikov yoki G.Chiganov singari – asarlarini bevosita plenerda yaratgan bo‘lsa, boshqalar tabiatdan olgan taassurotlarini ustaxonada, xotira asosida – A. N. Volkov kabi, yoki etyudlar asosida – Oʻ. Tansiqboyev singari ishlaganlar. Qanday bo‘lmasin, tabiat har doim rassomlar – rangtasvirchilar, akvarelchilar va haykaltaroshlar e’tiborida bo‘lib kelgan va hozir ham shunday. 1985-yilda plenerchi rassomlar guruhi o‘z asarlarini ilk bor ko‘rgazmada namoyish etib, keyinchalik yillik an’anaga aylangan loyiha asosini qo‘ydi. Loyihaning tashabbuskorlari Evgeniy Melnikov, Yuriy Strelnikov hamda ko‘plab plener ishtirokchilari – Yuriy Taldykin, Grigoriy Zilberman, Veniamin Akudin, Rimma Gagloyeva, Vladimir Chub, Yuriy Chernyshyov, Yanis Salpinkidi, Aleksandr Ponomaryov, Dilyus Mursalimov, Iskra Shin, Valeriy Enin, Viktoriya Troshina va boshqalar bo‘lgan. Chimyon, Oqtosh, Parkent, Boysun tog‘oldi hududlari rassomlar uchun haqiqiy ziyorat maskaniga aylangan. 2013-yilda esa “Sarchashma” nomli yangi plenerchilar guruhi tashkil etildi. Uning tarkibiga taniqli rassomlar – Sobir Raxmetov, Fayzullaxon Axmadaliyev, Akmal Nur, Qudrat Ajimetov, Anvar Mirsagatov va boshqalar bor edilar.

khudojnik_i_priroda_2025_-3

Yubiley ko‘rgazmasini retrospektiv tarzda o‘tkazishga qaror qilindi. Unda Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi fondidan olingan taniqli ustalarning manzara asarlari hamda 300 dan ortiq yangi mualliflik ishlari namoyish etilmoqda. Rangtasvir an’anaviy ravishda yetakchi o‘rinni egallab, ijodiy uslublar xilma-xilligi, ranglar boyligi va his-tuyg‘ular rang-barangligi bilan hayratga soladi. Koʻrgazmadagi nomlar tahsinga loyiq: Oʻrol Tansiqboyev, Nikolay Karaxan, Raxim Axmedov, Nig‘mat Qoʻziboyev, Mannon Saidov, Rashid Timurov, Teshaboy Pirmatov, Paxriddin Toxirov, Ivan Enin, Mixail Esin, Boris Tokmin, Goratsiy Chernuxin, Nikolay Shin, Vladimir Burmakin, Aleksandr Perov, Javlon Umarbekov, Alisher Mirzayev, Shuhrat Abdurashidov, Xakim Mirzaxmedov, Obidjon Bakirov va boshqalar. Akvarel ustalari orasida – Georgiy Chiganov, Grigoriy Shevyakov, Boris Kotlov, Marat Sadikov, Lev Snegiryov, Gʻayrat Baymatov, Anatoliy Ligay, Ataxon Allabergenov, Miron Xegay, Damir Urazayevlar bor. Shuningdek, Aleksandr Ponomaryov, Alisher Alikulov, Xurshid Ziyaxonov, Oksana Zalevskaya, Muhammadiyor Tashmurodov, Valeriy Enin, Viktoriya Troshina, Dilorom Mamedova, Liana Almyasheva, Alisher Hamdamov, Xurshid Sattarov, Bulat Ilyasov va boshqalarning ko‘plab yangi rangtasvir asarlari; akvarelda – Asliddin Kalanov, Ulug‘bek Usmonov, Kamila Galitskaya, Olimjon Fazilov, Tatyana Korobova va boshqalar oʻz asarlarini taqdim etmoqdalar.

khudojnik_i_priroda_2025_-4

Ekspozitsiyada Abdumumin Baymatovning animalistik asarlari, Marina Borodina, Vasiliy Popov, Lyudviga Nesterovich va Anush Avakyanning original haykaltaroshlik kompozitsiyalari, shuningdek Irina Muxamedshinaning zargarlik plastika ishlari ham o‘rin olgan. Ushbu yubiley vernisaji – bu tabiatga bag‘ishlangan o‘ziga xos Madhiya bo‘lib, u energiya, fantaziya, kuzatuvchanlik va atrof-muhitga bo‘lgan cheksiz muhabbat bilan sug‘orilgandir.