Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bagʻishlangan koʻrgazma-tanlov

konkurs_djadidi_2025_-1Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida” 2024-yil 27-dekabrdagi PQ–462-son qarori hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisining 2025-yil  4-yanvardagi I-02-son buyrugʻida belgilangan tadbirlar doirasida tashkil etilmoqda.

konkurs_djadidi_2025_-2Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan Mahmudxoʻja Behbudiy hayoti va ijodi, shuningdek, Turkiston jadidlik harakati namoyandalarining faoliyatiga oid tasviriy sanʼat asarlarini yaratish boʻyicha tanlov Nizomi ishlab chiqildi va 2025-yil fevral oyida “Mahmudxoʻja Behbudiy hayoti va ijodi, shuningdek, Turkiston jadidlik harakati namoyandalarining faoliyatiga oid tasviriy sanʼat asarlarini yaratish” boʻyicha ijodiy tanlov eʼlon qilingan edi.

konkurs_djadidi_2025_-3Milliy ozodlik harakatining buyuk namoyandasi sifatida ilm-fan, taʼlim va tarbiya, adabiyot va sanʼat, matbuot sohalarini rivojlantirish, jahondagi ilgʻor taraqqiyot yutuqlarini oʻzlashtirish orqali xalqimizning ong-u tafakkurini yuksaltirish hamda hurriyatga erishish yoʻlida oʻz hayotini bagʻish etgan Mahmudxoʻja Behbudiy hayoti va ijodi, shuningdek, Turkiston jadidlik harakati namoyandalarining faoliyatini tasviriy sanʼat asarlari orqali koʻrsatib berish maqsad qilib olingan. Ushbu tanlovda ijodkorlardan yigʻilgan asarlardan Badiiy koʻrgazmalar direksiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalida koʻrgazma-tanlov tashkil etildi.

konkurs_djadidi_2025_-4Koʻrgazmada Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi fondidan – 7 dona asar hamda 16 dan ortiq taniqli rassom ijodkorlar tomonidan yaratilgan 40 dan oshiq asarlar namoyish etildi.

konkurs_djadidi_2025_-5Tanlov natijasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi tomonidan tasdiqlangan yuqori badiiy qiymatga ega boʻlgan tasviriy sanʼat asarlari Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi fondiga xarid qilinadi.