“Rassom va tabiat” XXXIX anʼanaviy respublika koʻrgazmasi

khudojnik_i_priroda_2024_-127 dekabr 2024-yil, Yangi yil arafasida, uzoq yillik tarixga ega bo‘lgan XXXIX an’anaviy “Rassom va tabiat” ko‘rgazmasi ochiladi. Ushbu ko‘rgazmada tomoshabinlar turli avlod rassomlarining asarlarini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

khudojnik_i_priroda_2024_-2Bu yilgi ekspozitsiyada avvalgi ko‘rgazmalardan tanish bo‘lgan, lekin har doim bizni o‘z energiyasi, fantaziyasi, kuzatuvchanligi va atrof-muhitga bo‘lgan muhabbati bilan hayratlantiradigan mohir rassomlarning ishlari taqdim etilgan.

khudojnik_i_priroda_2024_-3Har doimgidek, tasviriy san’atning boshqa turlariga qaraganda tabiat go‘zalligi va xilma-xilligini yorqin palitra orqali aks ettirishda rassomlarga eng qulay imkoniyat yaratadigan yo‘nalish sifatida rangtasvir birinchi o‘rinni egallaydi. Akvarel esa grafikaning o‘ziga xos yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, tabiatning boy dunyosidagi noziklik va rang-barang, illyuzior o‘tishlarni to‘liq aks ettiradi. Asliddin Kalanov, Kamila Galitskaya va Tatyana Korobovaning ishlari buning yorqin dalilidir.

khudojnik_i_priroda_2024_-4Haykaltaroshlik esa tasviriy san’atning eng murakkab yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tiborni tortadi. Uch o‘lchamli makon ustida ishlash mahorati ijodkorlarning ijodiy imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Lyudviga Nesterovich, Marina Borodina va Irina Muxamedshinaning asarlari kuzatuvchanlik, mahorat va o‘z taassurotlarini boshqalar bilan bo‘lishish istagini namoyish etadi.

khudojnik_i_priroda_2024_-5Alohida ta’kidlash joizki, bu yilgi ko‘rgazma doirasida o‘tkazilayotgan yosh rassomlarning “Sharqning quyoshli palitrasi” loyihasi alohida qiziqish uyg‘otadi. To‘rt nafar rassom – Timur Lashyonov, Zuxriddin Qiyomov, Jahongir Abdullayev va Bobur Vohobjonovlar – Qirg‘iziston Respublikasi Norin viloyatida bo‘lib, o‘sha yerda yaratgan asarlarini Markaziy ko‘rgazmalar zalining birinchi qavatida namoyish etmoqdalar. Ushbu loyiha 2011-yildan boshlab MDH davlatlari Gumanitar hamkorlikning davlatlararo jamg‘armasi va Qirg‘iziston Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Loyiha g‘oyasi va amalga oshirilishi “Art araba”ga tegishlidir.

khudojnik_i_priroda_2024_-6Shuningdek, bu yil Toshkent Xalqaro Kimyo Universiteti talabalari Sankt-Peterburgda amaliyot o‘tgan edilar, va ushbu amaliyot davomida yaratilgan etyud va kartinalarning kichik bir qismi ekspozitsiyadan o‘rin egallagan.

 

 

Tog‘larga, boshqa mamlakatlar va shaharlarga sayohatlar rassom uchun doim ilhom manbai va yangi ijodiy stimul bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli tomoshabinlar va mehmonlar yana bir bor Markaziy ko‘rgazmalar zaliga tashrif buyurib, go‘zallik olamiga sho‘ng‘ish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.