Joriy yilning 23 avgust kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalida Respublikamiz Mustaqilligining 33 yilligi bayrami arafasida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” deb nomlangan san’at ustalarining asarlari ko‘rgazmasining ochilish marosimi boʻlib oʻtadi.
Ko‘rgazmada ijodkorlarning soʻnggi yillarda yaratgan – rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik va installyatsiylari namoyish etilmoqda.
Tomoshabinlar taniqli ustalar – Fayzulla Axmadaliyev, Rustam Xudoyberganov, Xikmat Jalilov, Rustam Bazarov, Toxir Karimovlarning yangi yaratgan asarlari bilan tanishadilar. Asarlar O‘zbekistonning go‘zalligi, insonlarining mehr-oqibati, mehmondo‘stligi va xalqining ko‘p millatliligiga bag‘ishlangan.
Grafika bo‘limida tomoshabinlar Anvar Mamadjanov, Asliddin Kalanov, Li-Safi Mariya, Li Tatyana, Akrom Baxromovlarning asarlarini koʻrishlari mumkin.
Irina va Rinat Muxamedshinlarning zargarlik buyumlari muntazam ravishda bizni jahon tarixi asarlarining eng yaxshi namunalaridan ilhomlangan nozik ishlari bilan hayratda qoldiradi.
Ko‘rgazmada yana Moxinur Maksumovaning “Zamonaviy shahar muhitida inklyuziv loyihalar” mualliflik loyihasi ham taqdim etilmoqda, unda nogironligi bo‘lgan bolalarning fiziologiyasi, harakatlarini va muloqoti xususiyatlarini hisobga olgan holda, bolalar o‘yin maydonchalarini yaratish orqali ularning muammolarini hal etish yo‘llari namoyish etilgan.
Bulardan tashqari, joriy yilda Mustaqillik bayramini nishonlash arafasida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining haykaltaroshlik bo‘limi tomonidan uzoq kutilgan haykaltaroshlik ko‘rgazmasi tashkil etildi, unda bu boradagi erishilgan yutuqlarni bir joyda jamlanganligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Ularning koʻpchiligi bizga shaharda oʻrnatilgan monumental asarlari bilan maʻlum – Marina Borodina, Botir Hakimov, Ollabergan Allaberganov, Damir Roʻziboev, Farid Axmedzyanova va Bahrom Norboyevlardir.
Haykallar mavzusi keng qamrovli boʻlib ular – ekologiya, janrli va tarixiy kompozitsiyalar, portretlar va abstraksiyalardir.
Ushbu aksiyada Qo‘qon, Xorazm, Surxondaryo, Buxorodan kelgan ustalar – Abdug‘offur Isanaliev, Ulash Urakov, O‘rolboy Yaxshilikov, Ergashali Tojiboyev, Artur Rajabovlar faol ishtirok etmoqdalar.
Koʻrgazma zalining ekster’erida Qurbon Norxoʻrozov va Jasvant Annazarovlarning asarlari joylashtirilgan.
Ushbu loyihaning maqsadi haykaltaroshlarning yuksak mahoratlarini koʻrgazma zallari devorlari bilan cheklab qoʻymasdan, balki megapolis aholisi shakl estetikasidan toʻliq bahramand boʻlishlari mumkin boʻlgan shahar muhitiga koʻchirib oʻtqazish kabi imkoniyatlarini koʻrsatishdir.