2024-yil 30-may kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida Aleksandr Pushkin, Ivan Krilov va Pavel Bajov asarlari asosida yaratilgan grafik rassom Aleksey Dmitriyevning “KATTA KITOBLAR” nomli ko‘rgazmasi ochiladi.
Bolaligimizdan biz buyuk rus yozuvchilarining ertaklari va masallari bilan tanishmiz, ularning koʻplab asarlariga multfilm va filmlar ishlangan, ammo bosma kitoblar bizning davrimizda kelib dolzarb boʻlib qolmoqda, agarda asarlar aql – idrok bilan toʻldirilgan boʻlsa va professional illyustratsiyalar bilan boyitilsa, kitoblar nafaqat bolalar uchun, balki kattalar uchun ham butun bir olamga aylanadi.
Aleksey Dmitriyev har bir adabiy asar uchun individual hikoya tilini topa olgan. Ivan Krilovning masallari uchun, rassom faqat ikkita rangdan foydalanadi: qora va och jigar rang fonda boʻlib, masalnavisning lakonik adabiy uslubini aks ettiradi.
Aleksandr Pushkinning “Ruslan va Lyudmila” ertaklari uchun illyustratsiyalar koʻp qatlamli boʻlib, ular nafaqat syujetni aks ettiradi, balki uni voqealar muhiti va ranglarning akvarel palitrasi bilan toʻldiradi.
Bugungi ekspozitsiyadagi asarlar eng yaxshi muzey kolleksiyalarida boʻlishga munosib boʻlgan alohida san’at asarlari sifatidagi illyustratsiyalar namoyishi deb atasak boʻladigan koʻrgazmadir.