KOʻRGAZMA O‘ZBEKISTON TASVIRIY VA AMALIY-BEZAK SAN’ATI

vistavka_uzbekistan_kitay_2024_-1XITOY MILLIY SANAT VA HUNARMANDCHILIK MUZEYI –

XITOY NOMODDIY MADANIY MEROS MUZEYI

Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekin shahridagi Xitoy milliy san’at va hunarmandchilik muzeyida ochilayotgan O‘zbekiston san’ati ko‘rgazmasida so‘nggi o‘n yillikda yaratilgan va o‘zbek rassomlarining keng ko‘lamli ijodiy ishlarini aks ettiruvchi asarlar namoyishi shuningdek zamonaviy tasviriy va an’anaviy xalq amaliy san’atida ro‘y berayotgan doimiy yangilanib borayotgan ijodiy jarayonlar ham aks etgan.

vistavka_uzbekistan_kitay_2024_-2Dunyo axborotlaridan keng foydalanish orqali, jahon badiiy jarayoniga jalb etilishi natijasida san’at ustalarining milliy madaniyat, tarixiy meros, xalq hayotiga qiziqishi yanada ortib, sayqallashib bormoqda. Zamonaviy o‘zbek rassomlarining janrli polotnolarida, biz nafaqat aniq tarixiy faktlarni, hayotiy voqealar aksini, balki ulardagi falsafiy tushunchalarini ham idrok eta olamiz. Hozirgi zamon tasviriy palitrasi boy va rang-barang, badiiy tasvirlar assotsiatsiyalar va metaforalar bilan toʻldirilgan, tasviriy tilning anʻanaviyligi va dekorativligiga, uning stilistikasining oʻziga xosligini izlashga boʻlgan moyillik rivojlanib bormoqda.

vistavka_uzbekistan_kitay_2024_-3Bugungi zamon rangtasvirida – rang, shakl, faktura, obrazlarda esa ekspressiya va romantika hukmronlik qilmoqda. O‘zbekiston tasviriy san’ati azal-azaldan mashhur ijodkorlarga boy bo‘lgan. Akmal Nur, Alisher Xamdamov, Timur Raxmetov, Tatyana Fadeyeva, Fayzulla Axmadaliyev, Shaxnoza Abdullaeva, Baxtiyor Maxkamov, Xurshid Ziyaxanov va boshqa taniqli moʻyqalam ustalari buning yorqin ifodasidir. Ko‘rgazmada namoyish etilayotgan asarlar turli stilistik maneralarni, rassomlarning keng ko‘lamli his-tuygʻulari va ijodiy dunyoqarashlarini ochib beradi – Sharqning qadimiy afsonalari-yu, she’riyat va tarixdan ilhomlangan ishqiy obrazlardan tortib, O‘zbekistonning go‘zal tabiatini tarannum etguvchi va oʻziga xos milliy hayot tarzini yoritadilar.

vistavka_uzbekistan_kitay_2024_-4Dekorativ-amaliy san’at bo‘limida ham, rangtasvirdagi kabi, zamonaviy o‘zbek ustalarining buyumlari namoyish etilmoqda. O‘zbekiston xalq amaliy san’ati ko‘p asrlik an’analarga asoslangan turli xil ijod namunalariga boy bo‘lib, xalq hayoti va turmush tarzining barcha jabhalarini qamrab oladi. Davlatimiz tomonidan an’anaviy hunarmandchilikni tiklash, xalq amaliy san’atini rivojlantirish jarayonlarini faol rag‘batlantirish va shu orqali milliy ma’naviyat va o‘zlikni anglashning tiklanishiga ulkan hissa qo‘shmoqda. Mustaqillik yillarida respublikada O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan minglab iqtidorli hunarmandlar jamoasini o‘z ichiga olgan “Hunarmand” xalq hunarmandlari uyushmasi tashkil etildi va hozirga qadar faol ish olib bormoqda. Har yili o‘tkazilayotgan ko‘rgazmalarda, hunarmandchilik tanlovlarida yosh iste’dodli hunarmandlarning yangi nomlarini kashf etib kelmoqdalar.

vistavka_uzbekistan_kitay_2024_-5Ushbu ko‘rgazmada O‘zbekiston xalq hunarmandchiligining o‘ziga xos turlari namoyish etilmoqda. Jumladan, zamonaviy Тoshkent ustalarning yog‘och o‘ymakorligi va naqqoshligi, Toshkent, Samarqand, Buxoro hunarmandlarining kashtachilik – so‘zanalari, Marg‘ilonlik ustalarning adras va qo‘lda to‘qilgan shoyi, bulardan tashqari, chekanka va miniatyura ustalarining buyumlari, kulolchilik maktablari buyumlari oʻrin olgan.

vistavka_uzbekistan_kitay_2024_-6Mazkur ko‘rgazma O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida mustaqillik yillarida rivojlangan madaniy-axborot muloqotlarni davom etishida va kelgusidagi madaniy aloqalar mustahkamlanib borilishiga xizmat qiladi.