Rassom Tatyana Fadeyevaning «Halovatli uyqular» shaxsiy koʻrgazmasi

t_fadeeva_2023_-12023 yil 15 noyabr kuni Markaziy koʻrgazmalar zalida rassom Tatyana Fadeyevaning shaxsiy koʻrgazmasining ochilish marosimi boʻlib oʻtadi.

t_fadeeva_2023_-2«Halovatli uyqular» koʻrgazmasi rassom Tatyana Fadeyeva ijodidagi yangi davrdir. Mazkur davr oʻz-oʻzini ifoda etishning oʻzgacha bosqichini ochib, muallifni hozirgi, har doim ham osoyishta-halovatli boʻlmagan haqiqat haqida oʻylab, borliqni anglash jarayoninida yuz berayotgan hodisalarni chuqurroq tushuna olishga olib boradi.

t_fadeeva_2023_-3Tatyana asosan, tarixiy xotiraga murojaat qilgan “Soʻzsiz istigʻfor» (2019 yil) shaxsiy loyihasidan farqli oʻlaroq, soʻnggi ikki yil ichida “yetuklik” yangi davrda u dunyo hamjamiyatining muammolari va chuqur oʻzgarishlarini, uning ma’naviy va axloqiy yonalishlarini aks ettirishga intiladi.

t_fadeeva_2023_-4Bir qarashda asarlar sodda va faqat lirik koʻrinishi mumkin. Seriya qahramonlari zamonaviy dunyoning turli mamlakatlari vakillari.    Koloristik qarorda muallif negativlikdan ongli ravishda voz kechadi, bugungi kunning barcha burilishlariga qaramay, qorongʻulikdan qochadi.  T.Fadeyeva oʻzining barcha asarlari bilan yaxshilik, hayot qadriyatlarining yovuzlik ustidan gʻalabasini tasdiqlaydi.

t_fadeeva_2023_-5Modullardan tashkil topgan koʻrgazma arxitekturasi labirint shaklida qurilgan boʻlib, oʻtkinchi va hayoliy-ajoyib tushlarga yurish illyuziyasini yaratadi. Insoniyatning goʻzalligi va birligining doimiy qadriyatlarini ta’kidlab, vaqt va hududiy chegaralar xiralashgan sokin tushlardir.

 

Gulnara Ishmuratova – koʻrgazma kuratori