O‘zbekiston Xalq ustasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi yog‘och o‘ymakorligi ustasi Sirojiddin Raxmatillayev va O‘zbekiston Xalq ustasi, zargar Fasixitdin Dadamuxamedovlarning yubiley ko‘rgazmalari

s_raxmatillayev_f_dadamuxamedov_2023_-12023-yil 2-iyun kuni Markaziy ko‘rgazmalar zalida ikki iste‘dodli hunarmand – yog‘och o‘ymakorligi ustasi Sirojiddin Raxmatillayev va zargar Fasixitdin Dadamuhamedovlarning yubiley ko‘rgazmalari ochiladi.

s_raxmatillayev_f_dadamuxamedov_2023_-2Sirojiddin Raxmatillayev usta Ortiq Fayzullayevning munosib shogirdlaridan bo‘lib, O‘zbekistonning barcha yirik me‘moriy loyihalarida – Temuriylar tarixi davlat muzeyining o‘yma eshiklari, O‘zbek Milliy akademik drama teatri  binosidagi o‘yma eshiklar va yana ko‘plab ob‘ektlardagi asarlarida o‘ziga xos mahorati, chinakam ijodkorona fantaziyasini namoyon etgan holda, yog‘och o‘ymakorligi an‘analarini davom ettirib kelmoqda.

s_raxmatillayev_f_dadamuxamedov_2023_-3Ushbu ko‘rgazmada Sirojiddin Raxmatillayev yog‘och o‘ymakorligining eng yaxshi namunalari sifatida o‘zi avaylab, saqlab kelayotgan eng sara asarlari – ayvon, shirma, ustunlar, laganlar, lavhlar va qutilarni namoish etmoqda.

Fasixitdin Dadamuxamedov – o‘zbek zargarlik maktabi an‘analarini davom ettirib kelayotgan usta, zargarlik tarixini bilimdoni, shakllardagi yangi tendensiyalardan qo‘rqmaydigan eksperimentator desak mubolag‘a bo‘lmaydi va ushbu ko‘rgazmada kol‘elar, ziraklar, bilaguzuklar va boshqa buyumlarda zargarlik maktabining an‘analarini ko‘rishimiz mumkin.

 

Ushbu vernisajda nomlari nafaqat respublikamizda, balki xorijda ham mashhur bo‘lgan toshkentlik ustalarning birgalikdagi ijodiy tandemda dunyoning yetakchi muzeylari ekspozitsiyasidan joy olishga loyiq eng sara namunalarini taqdim etmoqdalar. Ko‘rgazma ekspozitsiyasidan  Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi fondida saqlanayotgan naboykalar esa  ko‘rgazmani yanada boyitilishida alohida ahamiyat kasb etgan.