2023 yil “Insonga e‘tibor va sifatli ta‘lim yili” ga bag‘ishlangan xalqaro an‘anaviy “Tasviriy va amaliy san‘at festivali”

festival_2023_01_-12023-yil 17-aprel kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining an‘anaviy xalqaro tasviriy va amaliy san‘at festivali tantanali ochiladi. Festivalning asosiy g‘oyasi yildan-yilga o‘zgarishsiz qolmoqda – turli maxsus ta‘lim muassasalarining yutuqlarini namoyish etish, xalqaro ishtirokchilarni festivalga jalb etish va rassomlar o‘qituvchilar va O‘zbekiston Badiiy ijodiy uyushmasining turli sho‘balaridan yangi ijodiy g‘oyalarni izlashni maqsad qilgan.

festival_2023_01_-2Markaziy ko‘rgazmalar zalida Kemyon universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalarining kengroq tarkibdan tashkil topgan ko‘rgazmasi ochiladi, sababi o‘tgan yilgi festival doirasida ham ularning ilk ko‘rgazmalari ochilgan edi va to‘plangan tajriba orqali ularga O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni doimiy davom ettirish imkoniyatini va ishonchini bergan edi.

festival_2023_01_-4Festivalda Kemyon universitetidan tashqari, boshqa ko‘plab xorijiy ta‘lim muassasalari ham ishtirok etmoqdalar, masalan: “Klimovich bolalar tasviriy san‘at maktabi” Davlat ta‘lim muassasasi (Belarus); Tulun shahrining “Bolalar badiiy maktabi” Munitsipial avtonom muassasasi (Rossiya); Zagira Ismagilova nomidagi Ufa Davlat san‘at instituti (Rossiya); Akademik E.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda universiteti (Qozog‘iston);

festival_2023_01_-3Shuningdek, festival doirasida Markaziy koʻrgazmalar zalida Belarus, Rossiya, Qozogʻiston, Isroil va Koreya Respublikasidan 24 nafar rassomlar o‘z asarlari bilan ishtirok etmoqdalar.

festival_2023_01_-5Bulardan tashqari, shu kuni teatr, kino va animatsiya sho‘basi rassomlari “MAKON VA VAQT TASHQARISIDA” nomli loyihalarini taqdim etmoqdalar – “Makon va vaqt tashqarisida” loyihasidan  ko‘zlangan maqsad – keng jamoatchilikka mazkur tendentsiyadagi turli g‘oyalar, yo‘nalishlar, shu sohadagi nomlarni ko‘rsatish, shuningdek, yosh ijodkor va talabalar avlodini faol ijodga intilishlarini va ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. ushbu ko‘rgazmani o‘tkazishdan maqsad – keng jamoatchilikka mazkur yo‘nalishdagi turli tendentsiyalar, yo‘nalishlar, shu sohadagi nomlarni ko‘rsatish, shuningdek, yosh ijodkor va talabalar avlodini faollashtirish, ularning ijodiy salohiyatlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Mazkur loyyiha orqali nafaqat muallif asarlarining keng koʻlamdagi koʻrinishi, balki ssenograf,  animatsiya va kino rassomlarining ijodiy doirasi, ularning uslublari, gʻoyalari, syujetlari, dunyo qarashlari va yoshi darajasi qanchalik xilma-xilligini tushunish hamda  yoshi, dunyo haqidagi qarashlari va tushunchalari qanchalik turli hil boʻlishi mumkin1.

 

 

 

Birinchi qavatda esa Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabining amaliy san‘at bo‘limi  o‘quvchilari va o‘qituvchilari Nuridinova Go‘zal va Gulnora Azimovalar tomonidan yaratilgan kashtado‘zlik namunalari namoyish etilmoqda.

Markaziy ko‘rgazmalar zalida bo‘lib o‘tadigan Festival tadbirlari haqida batafsil ma‘lumotlarni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi art-academy.uz sayti va Badiiy ko‘rgazmalar direktsiyasining telegramdagi kanalidan olishingiz mumkin.

Tatyana Fadeeva – teatr, kino va animatsiya sho‘basi  rahbari