“MAKON VA VAQT TASHQARISIDA” 27 mart Xalqaro Teatr kuniga bagʻishlangan Teatr, kino va animatsiya rassomlarining koʻrgazmasi

teatralnaya_2023_-12023 yil 27 mart kuni Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalida  Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining “Teatr, kino va animatsiya rassomlari” shoʻbasining Xalqaro Teatr kuniga bagʻishlangan “Makon va vaqt tashqarisida” ko‘rgazmasini ochilish marosimi boʻlib oʻtadi.

teatralnaya_2023_-2“Makon va vaqt tashqarisida” ko‘rgazmasini o‘tkazishdan maqsad – keng jamoatchilikka mazkur yo‘nalishdagi turli tendentsiyalar, yo‘nalishlar, shu sohadagi nomlarni ko‘rsatish, shuningdek, yosh ijodkor va talabalar avlodini faollashtirish, ularning ijodiy salohiyatlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Mazkur loyyiha orqali nafaqat muallif asarlarining keng koʻlamdagi koʻrinishi, balki ssenograf,  animatsiya va kino rassomlarining ijodiy doirasi, ularning uslublari, gʻoyalari, syujetlari, dunyo qarashlari va yoshi darajasi qanchalik xilma-xilligini tushunish hamda  yoshi, dunyo haqidagi qarashlari va tushunchalari qanchalik turli hil boʻlishi mumkin. Amalga oshirilayotgan har bir bunday loyiha go‘yo yagona raqamli tizimga aylangandek, nafaqat sahna ijodkorlari, yoshlarning hamda badiiy taʻlim muassasalari talabalarining zamonaviy voqelikni idrok etishi, madaniy tafakkuri, bilimi va idrokining vizual tasviri, umumiy manzarasi va darajasini beradi.

teatralnaya_2023_-3teatralnaya_2023_-4Ushbu loyiha tomoshabinlarning keng doirasini ham qiziqtirishi mumkin, chunki teatr, kino va animatsiya rassomlari oʻzlarining koʻp sohali, koʻp funktsiyali, fikrlashning oʻziga xosligi, makon, vaqt bilan ishlash, ijro texnikasini tanlash erkinligi bilan ajralib turadi.

 

Koʻrgazmada zamonaviy mualliflarning asarlari: rangtasvir, grafik ishlar, eskizlar, maketlar, shuningdek, videomateriallar, performans, installyatsiyalar  va shakllar bilan tajribali loyihalar taqdim etilgan.

Tatyana Fadeeva