SHARTLAR
2025-yil 21-noyabr kuni yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va salohiyatini yuzaga chiqarish, shuningdek, tasviriy san’atni ommalashtirishga qaratilgan “NAVQIRON O‘ZBEKISTON” KO‘RGAZMA-TANLOVI bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazma doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tanlov bo‘lib o‘tadi:
- tasviriy san’at: rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik;
- dizayn: arxitektura, landshaft, interyer;
- zamonaviy sanʼat: fotoart, videoart, installyatsiya, perfomans va boshqalar.
- Dekorativ-amaliy san’at
- Tanlov mavzusi – erkin.
Shartlar: ko‘rgazmada ishtirok etish uchun 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan o‘rta maxsus yoki oliy badiiy ma’lumotga ega yosh rassomlar taklif etiladi.
Ko‘rgazma-tanlov ikki bosqichdan iborat bo‘ladi:
1-BOSQICH. 2025-yil 6–27 oktabrgacha yuqoridagi ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar uchun: festivaldhv23@mail.ru manziliga elektron pochta orqali yuboring.
– ishtirokchi anketasi;
– pasport nusxasi;
– ta’lim bo‘yicha diplomning nusxasi;
– so‘nggi 5 yil ichida yaratilgan ijodiy ishlarning PDF yoki JPG formatida fotosuratlari
*Birinchi bosqichdan o‘tgan ishtirokchilar tanlov komissiyasining natijalari haqida xabardor qilinadi.
* Tanlovda ishtirok etish uchun ariza namunasi ilova qilinadi; https://dhv-art.uz/; www.art-academy.uz.
2-BOSQICH. 2025-yil 1-14 noyabrgacha Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasining Sh.Rashidov 40-uyda joylashgan Markaziy ko‘rgazmalar zali tomonidan birinchi bosqichdan o‘tgan ishtirokchilarning saralangan ishlari qabul qilinadi.
Tanlov shartlari bilan O‘zbekiston Badiiy akademiyasining http: /www.art-academy.uz rasmiy sayti orqali tanishishingiz mumkin. Anketani Navqiron O‘zbekiston telegram kanalidan olishingiz mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot
- Mazkur Nizom talablariga javob bermaydigan va belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan ijodiy ishlar ko‘rib chiqilmaydi va baholanmaydi.
- Festival hakamlar hay’atining qarori yakuniy hisoblanadi va qayta ko’rib chiqilmaydi.
“Navqiron O‘zbekiston” ko‘rgazma-tanlovi tashkilotchilarining manzili:
1000029, Toshkent sh., Sh.Rashidov ko‘chasi, 40-uy;
telefon: (71) 256-51-46; 71 256 05 47
elektron pochta: festivaldhv23@mail.ru
veb-sayt: www.art-academy.uz.