“Bahor vernisaji” Respublika badiiy koʻrgazmasi

8_marta_2025_banner5-mart kuni soat 17:00 da Markaziy ko‘rgazmalar zalida 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Bahor vernisaj”ining  tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazma tashkilotchilari: O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi hamda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi.

8_marta_2025_-1Ayol rassomlar tomonidan yaratilgan asarlar – bahor fasliga xos bo‘lgan his-tuyg‘ular, orzu-umidlar va jo‘shqin kechinmalar bilan to‘yingan. Bahor – uyg‘onish, yangilanish va gullash ramzi sifatida, bu asarlarda noziklik, maftunkorlik hamda ayol qalbiga xos barcha hislar – muhabbat, qayg‘u, orzular va armonlar ifodalangan. Bu asarlarning barchasi ajoyib bayram arafasida bizga unutilmas bahoriy kayfiyat ulashadi.

8_marta_2025_-2Ekspozitsiyada rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, mayda plastika hamda chinni buyumlar namoyish etilgan.

 

Ko‘rgazma 31-martga qadar davom etadi.