“San’at va dunyo” X-Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesi oʻtkazilmoqda.

tashkent_biennale_2024_-12024-yil 14-18-oktabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan “2022-2026-yillarda moʻljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 27.08.2024 yildagi 25-sonli bayoni asosida “San’at va dunyo”  X-Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesi oʻtkazilmoqda.

tashkent_biennale_2024_-22024-yil 14-oktabr soat 17:00 da Markaziy ko‘rgazmalar zalida installyatsiyalar, videoart, perfomans, haykaltaroshlik, grafika va rangtasvirdan iborat “San’at va dunyo” Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesi ochiladi.

tashkent_biennale_2024_-3Markaziy ko‘rgazmalar zalining birinchi qavatida hozirda Londonda yashab ijod qilayotgan rassom Yunus Safardiyarning “So‘nggi qichqiriq” instalyasiyasi o‘rin olgan. “So‘nggi qichqiriq” insonning oʻzi yashayotgan koinot qonunlarini oʻzi yashayotgan olamdagi xurofot kishanlari parchalashga harakat qilayotganining yorqin namoyishidir. U oʻzida shu orqali tinchlik, rahm-shafqat va imon topmoqchi. Vayronagarchilik davrida va ming yillikning parchalanishi, insoniyatni qaytarish vazifasi deyarli imkonsiz koʻrinadi. Lekin insonlar buni qilishga harakat qiladilar oxir-oqibat, barcha umidinlar va ishonch qichqiriqqa aylanadi.

tashkent_biennale_2024_-5Koʻrgazmada Ye.Kryukova, O.Jityenyova (Rossiya), Sara Yang (Avstraliya), A.Manfredi (Italiya), G.Bannan (AQSH), M. Txara (Fransiya), L. Chak (Isroil), G. Yonutsesku (Ruminiya), A. Abdullayeva (Italiya), N. Nishimura (Yaponiya), O. Evdokimenko (Belarus), S.Bajaj (Hindiston),  I. Uzbekova (Qozog‘iston) kabi xorijiy rassomlar ham ishtirok etmoqdalar.

Ushbu koʻrgazmada taqdim etilgan biennalening xorijiy ishtirokchilari loyihalari bir xil mavzuga ega, ular zamonaviy san’atning turli koʻrinishlari va shakllarida talqin etiladi. San’atning zamonaviy dunyoda tutgan o‘rni, jamiyatga munosabati, ularning o‘zaro uyg‘unligi turli mavzu, shakl va rangdagi asarlarda o‘z ifodasini topgan.

tashkent_biennale_2024_-4Shuningdek, Markaziy ko‘rgazmalar zalida o‘zbekistonlik ishtirokchilar: М. Borodina, Sh.Abdumalikov, L.Almyasheva, D.Roziqov, T.Fadeyeva, X.Jalilov, A.Mirzayev, D. Ruziboyev, M.Mirsaidov, E.Kulmanov, S.Sabirbayev, M.Isanov, A.Xamdamov, M.Li-Safi, T.Li, N.Isaev, U.Yusupov, A.Kalanov, R.Bazarov, K. Norxo’rozov, J. Annazarov, A. Isonaliyev, A.Avakyan, N.Domansevich, N.Kuziyevalar qatnashmoqdalar.

 

 

X-Toshkent xalqaro zamonaviy sanʼat biennalesi kuratori: san’atshunoslik fanlari boʻyicha f.d. (PhD) Suxrob Kurbanov.