2025 yil- “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot” yiliga bagʻishlangan “Navqiron O‘zbekiston” an’anaviy Respublika koʻrgazmasi

navkiron_2025_banner

“Navqiron O‘zbekiston” koʻrgazmasining asosiy maqsadi — tasviriy san’atning barcha yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan yoshlarning salohiyatini namoyon etish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, shuningdek, ularning ijodini keng ommaga targ‘ib qilishdir. Ko‘rgazma ishtirokchilari — 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan iste’dodli yoshlar bo‘lib, ular faol ijod olib borayotgan, ko‘rgazmalarda qatnashayotgan, ayrim yosh ijodkorlar uchun esa bu nufuzli ko‘rgazmada ilk bor ishtirok etish — debyut hisoblanadi.

navkiron_2025_-1

Mamlakatimizning barcha hududlaridan kelib tushgan ijodiy ishlar Ishchi guruh tomonidan saralandi va ko‘rgazmada namoyish etish uchun tavsiya qilindi.
Ekspozitsiyada 50 nafar ishtirokchining 200 ga yaqin asarlari namoyish etilgan.

navkiron_2025_-2

Koʻrgazmaga qoʻyilgan asarlar hay’at a’zolari tomonidan baholanadi va g‘oliblar aniqlanadi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar ham belgilangan.

navkiron_2025_-3

10 dekabr kuni tanlovning yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar Oltin, Kumush va Bronza medallari, diplomlar hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Ko‘rgazma ishtirokchilariga  sertifikatlar ham topshiriladi.

navkiron_2025_-4