Rangtasvirchi rassom Latibjon Satmatovning “Munosabat” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi

latibjon_satmatov_2025_-1O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Badiiy ijodkorlar uyushmasining a’zosi, o‘zbek manzarachi rassomi Latibjon Satmatov – ona zaminining go‘zalligidan ilhomlangan, o‘z ijodini O‘zbekiston tabiatini tasvirlash bilan birga  yorug‘lik, vaqt va makon haqidagi meditativ mulohazalarini aks ettiradi. Har bir asarida zaminga bo‘lgan chuqur bog‘liqlik, an’analar bilan bog‘liq xotira va tabiatga nisbatan ehtiromli munosabat seziladi.

latibjon_satmatov_2025_-2Ko‘rgazmada turli yillarda yaratilgan 200 dan ziyod rangtasvir asarlari namoyish etilmoqda. Tomoshabinlar rassom ijodiy uslubining evolyutsiyasini  tabiatni realistik aks ettirishdan to manzarani she’riy va ehtirosli talqin etishgacha bo‘lgan jarayonini kuzatishlari mumkin bo‘ladi. Asarlarda yorug‘lik va kayfiyatni tasvirlashga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, tonggi sokinlik, tush paytidagi issiqlik yoki tog‘u dashtlardagi kechqurungi sukunatni kuzatish mumkin. U mo‘yqalami orqali  tasvirlarni  reallik bilan xotira, tabiat bilan insonning ichki olami o‘rtasidagi ko‘prikni hosil qiladi.

latibjon_satmatov_2025_-3Ko‘rgazmaning ochilishi 10 iyul kuni soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi. Unga san’atshunoslar, rassomlar, talabalar, tasviriy san’at ishqibozlari va zamonaviy o‘zbek san’ati ixlosmandlari taklif etiladi.

 

Ko‘rgazma 2025 yil 1 avgustgacha davom etadi.

Ko‘rgazma kuratori: san’atshunos Gulnora Amanxodjayeva