“YURTIMGA TA’ZIM” Faxriddin Pattoxovning 60 yillik yubileyiga bag‘ishlangan shaxsiy ko‘rgazmasi

fakhriddin_pattakhov_2024_-12024-yil 12-dekabr kuni Markaziy ko‘rgazmalar zalida rangtasvirchi rassom Faxriddin Pattoxovning shaxsiy ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tadi.

fakhriddin_pattakhov_2024_-2Rassom Faxriddin Pattoxov1964-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1991-yilda Mannon Uyg‘ur nomidagi Davlat san’at institutining “Dastgohli rangtasvir” fakultetini (Nig‘mat Qo‘ziboyev ustaxonasi) tamomlagan. 1994-yildan boshlab O‘zbekiston Badiiy  ijodkorlar uyushmasi a’zosi.

fakhriddin_pattakhov_2024_-3Ijodkor asarlari – bu ona yurtga bag‘ishlangan o‘ziga xos madhiyadir. U portret, natyurmort, maishiy janrlar kabi yo‘nalishlarda ijod qilibgina qolmay, shuningdek, o‘z asarlarida O‘zbekistonning go‘zalligini iliq mehr-muhabbat bilan tasvirlaydigan manzaralar yaratadi. Ayniqsa, uning akvarelda chizilgan manzaralari nafis ranglar uyg‘unligi va betakror kompozitsion yechimlari bilan ajralib turadi.

fakhriddin_pattakhov_2024_-4Mazkur shaxsiy ko‘rgazma yubiley xarakteriga ega bo‘lib, bu yil rassom 60 yoshni qarshilamoqda. Ekspozitsiyada uning ilk yaratgan asarlaridan tortib, hozirgi kungacha bo‘lgan turli davrdagi ijod namunalari – rangtasvir va grafik asarlari namoyish etilmoqda.

fakhriddin_pattakhov_2024_-5Faxriddin Pattoxov ko‘p yillar davomida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanib yoshlarga ta’lim berib kelmoqda. U P.P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi hamda, K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida dars beradi.

 

Uning asarlari Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi, O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi, O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi va Toshkentdagi Westminster xalqaro universiteti kolleksiyalarida saqlanadi.

Ekspozitsiyadan rassomning 140 ga yaqin asarlari o‘rin olgan.

Ko‘rgazma 2024-yil 22-dekabrga qadar davom etadi.