2025 yil 9 may kuni butun dunyo Ikkinchi Jahon Urushida G‘alabaning 80 yilligini nishonlaydi. Mazkur kun O‘zbekiston uchun ham muhim sanaladi. Respublikamizda mustaqillik yillarida “Xotira va Qadrlash kuni” dahshatli urush yillarining butun qiyinchiliklarini boshidan kechirgan insonlar xotirasiga to‘la ma’noda adolatni tiklagan ahamiyatli sanaga aylandi. Bu sanani nishonlar ekanmiz, barcha millatlar jangchilarining jangovar birodarliklari, tengi yo‘q jasoratlari va qahramonliklari, shuningdek kuchlari va hayotlarini ayamay erkinlik va mustaqillik yo‘lida kurashib, 1945 yilda butun dunyoni fashizmdan ozod qilganliklarini yodga olamiz. Continue reading ““O‘ZBEKISTON RASSOMLARI IJODIDA URUSH MAVZUSI””
Author: admin
Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali
21 aprel kuni O‘zbekiston bo‘ylab Rassomlar kuni keng nishonlanadi va an’anaga ko‘ra, mamlakatimizdagi barcha ko‘rgazma maydonchalari, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yil davomida tayyorlagan loyihalarini tomoshabinlar bilan baham ko‘radi. Continue reading “Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali”
XALQARO TASVIRIY VA AMALIY SAN’AT FESTIVALI
AN’ANAVIY “QADRIYATLARING BOQIY BO‘LSIN, NAVRO‘Z” RESPUBLIKA BADIIY KO‘RGAZMASI
Navro‘z – sharq xalqlari orasida bir necha ming yillardan buyon qadrlanib kelmoqda. Navro‘z tabiatning o‘zidan kelib chiqqan, kunu tun tenglashgandan so‘ng, kunlarning uzayishi, tabiatning uyg‘onish bayramidir. Uzoq qishdan so‘ng ko‘kda quyoshning yuz ko‘rsatishi, qirlarda maysa-giyohlarning nish urib chiqishi xalqimiz uchun haqiqiy bayramga aylangan. Nav – Yangi, ro‘z – kun, ya’ni Yangi kun deb atalishi bejiz emas. Bu bayram, avvalo, tabiatning jonlanishi, yangilanishi, Yangi yil bilan yurtimizga go‘zal bahor fasli kirib kelib, o‘zining yashil sepini yoyishi bilan boshlanadi. Continue reading “AN’ANAVIY “QADRIYATLARING BOQIY BO‘LSIN, NAVRO‘Z” RESPUBLIKA BADIIY KO‘RGAZMASI”
“Bahor vernisaji” Respublika badiiy koʻrgazmasi
5-mart kuni soat 17:00 da Markaziy ko‘rgazmalar zalida 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Bahor vernisaj”ining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazma tashkilotchilari: O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi hamda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi. Continue reading ““Bahor vernisaji” Respublika badiiy koʻrgazmasi”