2023-yil 2-iyun kuni Markaziy ko‘rgazmalar zalida ikki iste‘dodli hunarmand – yog‘och o‘ymakorligi ustasi Sirojiddin Raxmatillayev va zargar Fasixitdin Dadamuhamedovlarning yubiley ko‘rgazmalari ochiladi.
Sirojiddin Raxmatillayev usta Ortiq Fayzullayevning munosib shogirdlaridan bo‘lib, O‘zbekistonning barcha yirik me‘moriy loyihalarida – Temuriylar tarixi davlat muzeyining o‘yma eshiklari, O‘zbek Milliy akademik drama teatri binosidagi o‘yma eshiklar va yana ko‘plab ob‘ektlardagi asarlarida o‘ziga xos mahorati, chinakam ijodkorona fantaziyasini namoyon etgan holda, yog‘och o‘ymakorligi an‘analarini davom ettirib kelmoqda.
Ushbu ko‘rgazmada Sirojiddin Raxmatillayev yog‘och o‘ymakorligining eng yaxshi namunalari sifatida o‘zi avaylab, saqlab kelayotgan eng sara asarlari – ayvon, shirma, ustunlar, laganlar, lavhlar va qutilarni namoish etmoqda.
Fasixitdin Dadamuxamedov – o‘zbek zargarlik maktabi an‘analarini davom ettirib kelayotgan usta, zargarlik tarixini bilimdoni, shakllardagi yangi tendensiyalardan qo‘rqmaydigan eksperimentator desak mubolag‘a bo‘lmaydi va ushbu ko‘rgazmada kol‘elar, ziraklar, bilaguzuklar va boshqa buyumlarda zargarlik maktabining an‘analarini ko‘rishimiz mumkin.
Ushbu vernisajda nomlari nafaqat respublikamizda, balki xorijda ham mashhur bo‘lgan toshkentlik ustalarning birgalikdagi ijodiy tandemda dunyoning yetakchi muzeylari ekspozitsiyasidan joy olishga loyiq eng sara namunalarini taqdim etmoqdalar. Ko‘rgazma ekspozitsiyasidan Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi fondida saqlanayotgan naboykalar esa ko‘rgazmani yanada boyitilishida alohida ahamiyat kasb etgan.