Dina Xodjayeva-Penson (1932–2024) “Dublsiz olingan fotosuratlar” shaxsiy koʻrgazmasi

dina_khodjayeva_2025_-12025 yil 1-iyul kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida O‘zbekistonning birinchi ayol fotoreportyori – Dina Xodjayevaning shaxsiy ko‘rgazmasi ochiladi. U mashhur otasi Maks Penson kabi, o‘z faoliyati bilan O‘zbekistonning tarixiy fotolavhalarning yaratilishiga oʻz hissasini qo‘shgan. Continue reading “Dina Xodjayeva-Penson (1932–2024) “Dublsiz olingan fotosuratlar” shaxsiy koʻrgazmasi”

Ветеран-рассом Петров Владимир Митрофановичнинг (1920–1997) 105 йиллигига бағишланган кўргазма “Хотирлашни васият қилганлар!” туркумидан “Сталинград кундалиги” 1941 йил 22 июнь Улуғ Ватан уруши бошланган кунга бағишланади

stalingradskyi_dnevnik_2025_bannerЎзбекистон Бадиий академияси Россия Федерациясининг Ўзбекистон Республикасидаги элчихонаси ташаббуси билан “Хотирлашни васият қилганлар!” туркумидан ветеран-рассом В.М. Петровнинг “Сталинград кундалиги” деб номланган асарларидан иборат кўргазмасини ташкил этмоқда. Continue reading “Ветеран-рассом Петров Владимир Митрофановичнинг (1920–1997) 105 йиллигига бағишланган кўргазма “Хотирлашни васият қилганлар!” туркумидан “Сталинград кундалиги” 1941 йил 22 июнь Улуғ Ватан уруши бошланган кунга бағишланади”

“O‘ZBEKISTON RASSOMLARI IJODIDA URUSH MAVZUSI”

9_maya_2025_banner2025 yil 9 may kuni butun dunyo Ikkinchi Jahon Urushida G‘alabaning 80 yilligini nishonlaydi. Mazkur kun O‘zbekiston uchun ham muhim sanaladi. Respublikamizda mustaqillik yillarida “Xotira va Qadrlash kuni” dahshatli urush yillarining butun qiyinchiliklarini boshidan kechirgan insonlar xotirasiga to‘la ma’noda adolatni tiklagan ahamiyatli sanaga aylandi.  Bu sanani nishonlar ekanmiz, barcha millatlar jangchilarining jangovar birodarliklari, tengi yo‘q jasoratlari va qahramonliklari, shuningdek kuchlari va hayotlarini ayamay erkinlik va mustaqillik yo‘lida kurashib, 1945 yilda butun dunyoni fashizmdan ozod qilganliklarini yodga olamiz. Continue reading ““O‘ZBEKISTON RASSOMLARI IJODIDA URUSH MAVZUSI””

XALQARO TASVIRIY VA AMALIY SAN’AT FESTIVALI

AN’ANAVIY “QADRIYATLARING BOQIY BO‘LSIN, NAVRO‘Z” RESPUBLIKA BADIIY KO‘RGAZMASI

navruz_2025_bannerNavro‘z – sharq xalqlari orasida bir necha ming yillardan buyon qadrlanib kelmoqda. Navro‘z tabiatning o‘zidan kelib chiqqan, kunu tun tenglashgandan so‘ng, kunlarning uzayishi, tabiatning uyg‘onish bayramidir. Uzoq qishdan so‘ng ko‘kda quyoshning yuz ko‘rsatishi, qirlarda maysa-giyohlarning nish urib chiqishi xalqimiz uchun haqiqiy bayramga aylangan. Nav – Yangi, ro‘z – kun, ya’ni Yangi kun deb atalishi bejiz emas. Bu bayram, avvalo, tabiatning jonlanishi, yangilanishi, Yangi yil bilan yurtimizga go‘zal bahor fasli kirib kelib, o‘zining yashil sepini yoyishi bilan boshlanadi. Continue reading “AN’ANAVIY “QADRIYATLARING BOQIY BO‘LSIN, NAVRO‘Z” RESPUBLIKA BADIIY KO‘RGAZMASI”