Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma

a_kosibay_ugli_2024_-12024-yil 24-sentabr kuni Markaziy ko‘rgazmalar zalida atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻliga bag‘ishlangan ko‘rgazmaning  ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Shoir o‘zining betakror va sermazmun ijodi bilan xalqimiz madaniyati va adabiyotini rivojlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik va ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalash, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari o‘rtasidagi azaliy do‘stlikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan ulkan ijodkordir. Hassos shoirning sh’er va dostonlarida aks etgan gumanistik falsafiy qarashlar el-yurtimiz qalbida chuqur joy egallagan.

a_kosibay_ugli_2024_-2Xivadagi mashhur Sherg‘ozixon va Qutlimurod inoq madrasalarida tahsil olgan bu ulug‘ siymo nafaqat mamlakatimizda, balki butun mintaqamizda xalqchil shoir, yetuk muallim va ustoz, mohir xattot sifatida shuhrat qozongani, ayniqsa e’tiborga molikdir. Uning go‘zal asarlari turkman, qozoq, qirg‘iz va  boshqa qardosh xalqlar tomonidan ham sevib o‘qilmoqda.

a_kosibay_ugli_2024_-3Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli tavalludining 200 yilligini nishonlash YUNESKOning xalqaro yubileylar rejasiga kiritilgani ham unung ijodiy merosi umumbashariy ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.

a_kosibay_ugli_2024_-4Ko‘rgazmada qoraqalpog‘istonlik rassomlar Serjanova Miyrasxon, Xojamuratov Qozoqbay, Nurimbetov Baqbergen, Djaparov Vasiliy, Baybosinov Sersenbay, Izentayev Jollibay, Aytmuratov Barliqbay, Murat Xudoybergenov va boshqa ijodkorlarning asarlari namoyish etilmoqda. K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bitiruvchilari yosh rassomlar – Jumaniyozov Sherali, Pardayeva Barchinoy, shuningdek,  amaliy san’at  bo‘yicha Alpispayeva Julduzning  zargarlik buyumlari va qoraqalpoq milliy libosidagi qo‘g‘irchoqlari namoyish etilmoqda.a_kosibay_ugli_2024_-5