O‘zbekiston Mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” Respublika badiiy ko‘rgazmasi

mustakillik_2024_bannerJoriy yilning 23 avgust kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalida Respublikamiz Mustaqilligining 33 yilligi bayrami arafasida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” deb nomlangan san’at ustalarining asarlari ko‘rgazmasining ochilish marosimi boʻlib oʻtadi.

mustakillik_2024_-1Ko‘rgazmada ijodkorlarning soʻnggi yillarda yaratgan – rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik va installyatsiylari namoyish etilmoqda.

mustakillik_2024_-2Tomoshabinlar taniqli ustalar – Fayzulla Axmadaliyev, Rustam Xudoyberganov, Xikmat Jalilov, Rustam Bazarov, Toxir Karimovlarning yangi yaratgan asarlari bilan tanishadilar. Asarlar O‘zbekistonning go‘zalligi, insonlarining mehr-oqibati, mehmondo‘stligi va xalqining ko‘p millatliligiga bag‘ishlangan.

mustakillik_2024_-3Grafika bo‘limida tomoshabinlar Anvar Mamadjanov, Asliddin Kalanov, Li-Safi Mariya, Li Tatyana, Akrom Baxromovlarning asarlarini koʻrishlari mumkin.

mustakillik_2024_-46Irina va Rinat Muxamedshinlarning zargarlik buyumlari muntazam ravishda bizni jahon tarixi asarlarining eng yaxshi namunalaridan ilhomlangan nozik ishlari bilan hayratda qoldiradi.

mustakillik_2024_-42Ko‘rgazmada yana Moxinur Maksumovaning “Zamonaviy shahar muhitida inklyuziv loyihalar”  mualliflik loyihasi ham taqdim etilmoqda, unda nogironligi bo‘lgan bolalarning fiziologiyasi, harakatlarini va muloqoti xususiyatlarini hisobga olgan holda, bolalar o‘yin maydonchalarini yaratish orqali ularning muammolarini hal etish yo‘llari  namoyish etilgan.

mustakillik_2024_-7Bulardan tashqari, joriy yilda Mustaqillik bayramini nishonlash arafasida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining haykaltaroshlik bo‘limi tomonidan uzoq kutilgan haykaltaroshlik ko‘rgazmasi tashkil etildi, unda bu boradagi erishilgan yutuqlarni bir joyda jamlanganligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Ularning koʻpchiligi bizga shaharda oʻrnatilgan monumental asarlari bilan maʻlum – Marina Borodina, Botir Hakimov, Ollabergan Allaberganov, Damir Roʻziboev, Farid Axmedzyanova va Bahrom Norboyevlardir.

mustakillik_2024_-6Haykallar mavzusi keng qamrovli boʻlib ular – ekologiya, janrli va tarixiy kompozitsiyalar, portretlar va abstraksiyalardir.

mustakillik_2024_-5Ushbu aksiyada Qo‘qon, Xorazm, Surxondaryo, Buxorodan kelgan ustalar – Abdug‘offur Isanaliev, Ulash Urakov, O‘rolboy Yaxshilikov, Ergashali Tojiboyev, Artur Rajabovlar faol ishtirok etmoqdalar.

mustakillik_2024_-21Koʻrgazma zalining ekster’erida Qurbon Norxoʻrozov va Jasvant Annazarovlarning asarlari joylashtirilgan.

mustakillik_2024_-36Ushbu loyihaning maqsadi haykaltaroshlarning yuksak mahoratlarini koʻrgazma zallari devorlari bilan cheklab qoʻymasdan, balki megapolis aholisi shakl estetikasidan toʻliq bahramand boʻlishlari mumkin boʻlgan shahar muhitiga koʻchirib oʻtqazish kabi imkoniyatlarini koʻrsatishdir.