“BIZNING MEROS. O‘ZBEKISTON SAN’ATI USTALARI – 2023 yil yubilyarlari”. Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi to‘plamidan retrospektiv ko‘rgazma

nashe_nasledie_2023_-1Yoz faslining qizg‘in pallasida – iyul oyida an’anaga ko‘ra, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi kolleksiyasidan O‘zbekiston san’at ustalari asarlarining retrospektiv ko‘rgazmasi ochiladi. “Bizning meros” turkumidagi joriy loyiha O‘zbekiston rangtasvir va haykaltaroshlik san’ati ustalari – 2023 yil yubilyarlariga bag‘ishlangan.

nashe_nasledie_2023_-2Ular orasida keksa avlod rassomlari ham bor: bu yil rassom S.S.Kolibanovning 125 yilligi, rassomlar M. Kalontarov va A. Lunyov 115 yilligi, rassom-akademik M. Saidov tavalludining 100 yilligi nishonlanadi. 1960-1970 yillar avlodining mashhur rassomlari – V. Jmakin, L. Reznikov, N. Kovinina-Skorikova, K. Eminov, V.Volkov, Ye. Melnikov 95 yoshga, rassomlar Q. Nosirov, P. Toxirov va B. Tokmin 90 yoshga; haykaltaroshlar V. Degtyarev va  P. Ivanovning 85 yoshga to‘lgan bo‘lar edilar.

nashe_nasledie_2023_-3Albatta, yana koʻplab yubiley yoshiga yetganlar bor – biz ushbu koʻrgazmada asarlari Badiiy ko’rgazmalar direksiyasi fondlarida saqlanadigan yubilyar rassomlar asarlarini taqdim etamoqdamiz. Ekspoziysiyada bir nechta asargina shaxsiy kolleksiyalardan olinganligini ta’kidlash lozim.

nashe_nasledie_2023_-4Oʻzbek sanʼat ustalarining ushbu kichik guruhi turli millat vakillaridan tashkil topgan boʻlib, biz nafaqat yubilyarlar xotirasiga hurmat bajo keltiramiz, ularning ijodiy yutuqlarini namoyish etamiz, balki rassomlar va sanʼat ixlosmandlarining yangi avlodini Oʻzbekiston sanʼati tarixidagi eng qiziqarli davr bilan tanishtiramiz. Bu ustalarning hayoti va ijodida milliy madaniyat, milliy tarix, xalq hayotiga qiziqish singib ketgan va bu, o‘z navbatida, ularning asarlarida umuminsoniy, millatlararo qadriyatlar xususiyatlarini ochib berish imkonini berdi. Asarlari ko‘rgazmadan joy egallagan har bir rassom oʻziga xos tasviriy va plastik yechimga ega yorqin individual ijodkordir.

nashe_nasledie_2023_-5Taqdim etilgan asarlar orasida janrli va tarixiy rangtasvirlar, portretlar va natyurmortlar, mohirona yaratilgan koʻplab plener asarlar bor – tomoshabinlar rassomlarning ijodiy laboratoriyasini ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar.  Eksponatlarning vaqt oraligʻi oʻtgan asrning 40-yillaridan 2000-yillargacha. Bu O‘zbekiston san’atining tirik solnomasi bo‘lib, unda o‘tgan davrning o‘ziga xos pafosi – yorqin ideallarga, “dunyoni qutqaruvchi go‘zallikka” umid va ishonch ruhini his qilish mumkin. Garchi baʻzi asarlarning mavzulari oʻtgan davr bilan bogʻliq boʻlsa-da, janrli asarlar rassomlarining yuqori professionalligini taʻkidlash kerak. Bularning barchasi eʻtibor, oʻrganish, xotira va hurmatga loyiqdir.

nashe_nasledie_2023_-6Ekspozitsiyada Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi kolleksiyasi, rassomlarning shaxsiy kolleksiyalari va arxivlaridan 200 dan ortiq asarlar taqdim etilgan.

 

 

Ko‘rgazmalar direksiyasining ko‘rgazmalar bo‘limi va fond bo‘limi xodimlari jamoasi ekspozitsiyaga taqdim etilgan shaxsiy arxiv materiallari uchun san’atshunoslar V.Yevnevich va G.Temurovalarga samimiy minnatdorlik izhor etadi.

Ko‘rgazma 2023-yil 20-avgustgacha davom etadi.